Asosiy qismga o'tish
Internetsiz ishlaydi

O'zbekcha matnni Word'ning o'zida tekshiring

ImloDetektor — Microsoft Word uchun o'zbek tili imlo va sintaksis tekshiruvchisi. Lug'at ham, morfologiya ham, qoidalar ham sizning kompyuteringizda: matningiz hech qayerga yuborilmaydi.

  • 86 879 so'zlik lug'at va to'liq morfologiya
  • 91 ta imlo va sintaksis qoidasi
  • Kirill ↔ lotin va yangi alifboga o'girish
  • Bir martalik to'lov, abonent yo'q
Word'da shunday ko'rinadi

Xammaga salom, kop malumot bor. Men hafa boldim.

XammagaHammagaUZ-S-001
kopko'pimlo
malumotma'lumotUZ-S-200
hafaxafaimlo

Kimlar uchun

  • Davlat idoralari va kotibiyat
  • Nashriyot va tahririyatlar
  • Yuristlar va shartnoma tuzuvchilar
  • Universitet va maktab
  • Tarjimonlar
Onlayn sinov

Hoziroq sinab ko'ring

Matn yozing yoki namunalardan birini tanlang. Hamma amalni mahsulotning aynan o'sha dvigateli bajaradi.

Tekshiruv yozuvi:

0 / 50 so'z

Namunalar:

Demoda yo'q: shaxsiy lug'at va tarjima — ular Word ichida ishlaydi
Matningiz saqlanmaydi. Mahsulotning o'zi internetsiz, Word ichida ishlaydi.

Nima qila oladi

Word'ning o'z tekshiruvchisi o'zbek tilini bilmaydi. ImloDetektor aynan shu bo'shliqni yopadi.

Imlo tekshiruvi

Noto'g'ri yozilgan so'z tagiga chiziladi, o'ng tugma esa tartiblangan tavsiyalarni beradi. Tavsiya birinchi o'rinda chiqishi 95,3% da o'lchangan.

91 ta qoida

Tutuq belgisi, h/x farqi, qo'shma so'zlar, bosh harf — har biri o'z kodi bilan (UZ-S-001) va nima uchun ekanini tushuntirib beradi.

Morfologik tahlil

So'z lug'atda bo'lmasa ham, o'zak va qo'shimchalar bo'yicha tahlil qilinadi: kitoblarimizdangina — bitta yozuv emas, beshta morfema.

Kirill ↔ lotin

Butun hujjatni yoki belgilangan qismni bir bosishda o'giradi. Kirill→lotin aniqligi 68 960 juftlikda 99,8% da o'lchangan.

Yangi alifbo (2026)

oʻ→ö, gʻ→ğ, sh→ş, ch→ç. Havolalar, pochta manzillari va chet el nomlari o'girilmaydi — ular ataylab chetlab o'tiladi.

Shaxsiy lug'at

Tashkilot nomi, atama, familiya — «Lug'atga qo'shish» bosiladi va u boshqa hech qachon belgilanmaydi.

To'liq oflayn

Internet ulanishi umuman talab qilinmaydi. Hujjatingiz kompyuterdan chiqmaydi — bu maxfiy hujjatlar bilan ishlaydiganlar uchun shart.

Tez

Ishga tushish 298 ms, bitta paragrafni tekshirish 0,5 ms. Yozayotganingizda sezilmaydi.

2026-yilgi islohot

Yangi alifboga tayyor

Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini o'zgartirish qonuni 2026-yilda qabul qilindi. O'tish davri uzoq — ikkala yozuv bir necha yil yonma-yon yashaydi. ImloDetektor ikkalasini ham tushunadi va bir bosishda o'giradi.

Tutuq belgisi (a'lo, ma'no) tegilmaydi, havola va pochta manzillari ham.

oʻ
ö
gʻ
ğ
sh
ş
ch
ç

O'lchangan ko'rsatkichlar

Raqamlar taxmin emas — 5 000 ta buzilgan va 1 000 ta toza gapda o'lchangan.

Tavsiya birinchi o'rinda
95,3%

top-5 da 99,9%

Lug'atdagi so'z
86 879

+ morfologiya

Ishga tushish vaqti
298 ms
Bitta paragraf tekshiruvi
0,5 ms

O'lchov usuli va to'liq hisobot talab qilinsa taqdim etiladi. Ko'rsatkichlar vikipediya matnidan tuzilgan sinov to'plamida olingan; haqiqiy hujjatlarda natija matn turiga qarab farq qilishi mumkin.

Qanday boshlanadi

Uch qadam, taxminan o'n daqiqa.

  1. 1

    Fleshkani olasiz

    Mahsulot USB fleshkada yetkaziladi: o'rnatuvchi, dvigatel, lug'at va aktivator — hammasi ichida. Internet kerak emas.

  2. 2

    ORNATISH.cmd ni bosasiz

    Fleshkadagi faylni ikki marta bosasiz. O'rnatish o'z papkangizga bajariladi — administrator huquqi talab qilinmaydi.

  3. 3

    Aktivatsiya qilasiz

    Aktivator kompyuteringizni tanib, litsenziyani shu mashinaga bog'laydi. Shundan keyin fleshka kerak emas — Word'ni ochsangiz ishlayveradi.

Hujjatlaringiz o'zbekcha yozilsin

Ko'rsatuv uchun bog'laning — mahsulotni o'zingizning haqiqiy hujjatingizda ishlatib ko'rsatamiz.