O'rnatish
Fleshka qo'lingizda bo'lsa, bu sahifa yetarli.
Tizim talablari
- Operatsion tizim
- Windows 10 yoki 11
- Microsoft Word
- 2016, 2019, 2021 yoki 365 (32-bit)
- Bo'sh joy
- ≈ 60 MB (tarjima moduli bilan 1,6 GB)
- Internet
- Talab qilinmaydi
- Administrator huquqi
- Talab qilinmaydi
1. Word'ni yoping
O'rnatish paytida Word yopiq bo'lishi kerak, aks holda fayllar band bo'ladi.
2. ORNATISH.cmd ni ikki marta bosing
Fleshkani ulang, ochilgan oynada
ORNATISH.cmdfaylini toping va ikki marta bosing. O'rnatish bir necha daqiqa oladi.3. UzActivate.exe ni oching
Aktivator kompyuteringiz kodini aniqlaydi va litsenziyani shu mashinaga bog'laydi. «Aktivatsiya» tugmasini bosing va yashil xabarni kuting.
4. Word'ni oching
Lentada «ImloDetektor» yorlig'i paydo bo'ladi. Matn yozganingizda xatolar o'z-o'zidan chiziladi.
Diqqat: Aktivatsiyadan keyin fleshkani saqlab qo'ying: uni yo'qotsangiz ham mahsulot ishlayveradi, lekin qayta o'rnatishda u asqotadi.
Fleshka hali yo'qmi?
Mahsulot USB fleshkada yetkaziladi. Buyurtma berish uchun bog'laning.