Asosiy qismga ötiş

Nima qila oladi

Word'ning içki tekşiruvçisi özbek tilini qöllab-quvvatlamaydi. ImloDetektor esa aynan şu muammoni hal qiladi.

Imlo tekşiruvi

Notöğri yozilgan sözning tagiga çiziladi, öng tugmani bosganda esa tartiblangan tavsiyalar körsatiladi. Töğri tavsiyaning birinçi örinda çiqiş darajasi 95,3 foizni taşkil etadi.

91 ta qoida

Tutuq belgisi, h/x farqi, qöşma sözlar, boş harf — har biri öz kodi bilan (UZ-S-001) va nima uçun ekanini tuşuntirib beradi.

Morfologik tahlil

Söz luğatda bölmasa ham, özak va qöşimçalar böyiça tahlil qilinadi: kitoblarimizdangina — bitta yozuv emas, beşta morfema.

Kirill ↔ lotin

Butun hujjatni yoki belgilangan qismni bir bosişda ögiradi. Kirilldan lotinga ögiriş 68 960 ta mos yozuv juftligida sinovdan ötkazilganda, 99,8 foiz aniqlik qayd etildi.

Yangi alifbo (2026)

oʻ→ö, gʻ→ğ, sh→ş, ch→ç. Havolalar, poçta manzillari va çet el nomlari ögirilmaydi — ular ataylab çetlab ötiladi.

Şaxsiy luğat

Taşkilot nomi, atama yoki familiya xato sifatida belgilansa, «Luğatga qöşiş»ni bosing — u bundan buyon xato sifatida belgilanmaydi.

Töliq oflayn

Internet kerak emas — hujjatlaringiz kompyuteringizdan taşqariga çiqmaydi. Maxfiy hujjatlar va internetga ulanişi çeklangan kompyuterlar bilan işlaş uçun xavfsiz va qulay yeçim.

Tez

Işga tuşiş 298 ms, bitta paragrafni tekşiriş 0,5 ms. Yozayotganingizda sezilmaydi.

2026-yilgi islohot

Yangilangan özbek alifbosi

Ötiş davri uzoq — bu davrda ikkala yozuv ham bir neça yil davomida qöllanadi. ImloDetektor har ikkala yozuvni ham tuşunadi va ularni bir bosişda ögiradi.

Tutuq belgisi (a'lo, ma'no) öz holiça qoladi. Havolalar va elektron poçta manzillari ham özgartirilmaydi.

oʻ
ö
gʻ
ğ
sh
ş
ch
ç

Aniq körsatkiçlar

Raqamlar taxmin emas, natijalar 5 000 ta xatoli va 1 000 ta xatosiz gapni tekşiriş orqali ölçangan.

Tavsiya birinçi örinda
95,3%

top-5 da 99,9%

Luğatdagi söz
86 879

+ morfologiya

Işga tuşiş vaqti
298 ms
Bitta paragraf tekşiruvi
0,5 ms

Ölçov usuli va töliq hisobot talabga köra taqdim etiladi. Körsatkiçlar Vikipediya matnlari asosida tuzilgan sinov töplamida olingan. Haqiqiy hujjatlarda natijalar matn turiga qarab farq qilişi mumkin.

Öz hujjatingizda sinab köring

ImloDetektor'ni özingizning haqiqiy hujjatingizda sinab körmoqçi bölsangiz, biz bilan boğlaning.